Kurs UZS

USD

12 915.00

-10.2

EUR

13 957.24

-25.24

RUB

153.55

0.97

Shimoliy Koreya yadroviy tayyorgarlikni oshiradi

Olam

image

Shimoliy Koreya ortib borayotgan tashqi tahdidlar fonida yadroviy qarama-qarshilikka tayyorligini oshirishi kerak. Bu haqda mamlakat rahbari Kim Chen In yadroviy materiallar ishlab chiqarish bazasi va yadroviy qurol tadqiqot markaziga tashrifi chog‘ida so‘z ochdi.

Uning aytishicha, yadroviy ishlab chiqarishni kuchaytirish va mamlakat yadro qalqonini mustahkamlashda innovatsion natijalarga erishish juda ham zarur. Uning ta’kidlashicha, respublikaning bu boradagi salohiyati kun sayin kuchayib bormoqda.

“Milliy obro‘-e’tiborni oshirish uchun turli xatarlarga tayyorgarlik ko‘rish bilan birga, milliy suverenitet, manfaatlar va rivojlanish huquqini ishonchli kafolatlay oladigan yadro qalqonini doimiy ravishda mustahkamlash zarur”, degan davlat rahbari.

Shuningdek, KXDR rahbari yadro sanoati xodimlarini tayyorlashdagi yutuqlarni qayd etgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ular yangi hukumat loyihalarida “muhim muvaffaqiyatlarga” erishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya yetakchisi eng so‘nggi gipertovushli ballistik raketasi har qanday raketaga qarshi mudofaa tizimini yorib o‘tishga qodir ekanini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In Shimoliy Koreya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing