Shimoliy Koreya yadroviy davlat maqomida qoladi – Kim Chen In
Olam
−
23 iyun 1601 2 daqiqa
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In mamlakatning yadroviy davlat sifatidagi maqomidan foydalanishi murakkab va oldindan aytib bo‘lmaydigan xalqaro xavfsizlik muhitiga javob berishning yagona yo‘li ekanini bildirdi. Bu haqda “Reuters” xabar qildi.
Kim Chen Inning so‘zlariga ko‘ra, dunyoda “aql bovar qilmas voqealar va hodisalar” sodir bo‘lmoqda, bunga esa gegemon davlatlarning “gangsterlarga xos ochko‘zligi” sabab bo‘lmoqda. U AQSHni Yevropa va Yaqin Sharqdagi qon to‘kilishlarni kuchaytirishda ayblagan. Ushbu bayonot hukmron Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasining 20 iyun kuni boshlanib, 22 iyungacha davom etgan yig‘ilishida yangragan.
Kim Chen In AQSH va Janubiy Koreyani Koreya yarimorolidagi xavfsizlik vaziyatini yanada xavflilashtirishda ayblab, ikki davlatning qo‘shma yadroviy salohiyati muntazam ravishda kuchaytirilayotganini ta’kidlagan. Uning fikricha, buning yagona maqsadi Shimoliy Koreyaga qarshi harakat qilish.
Agentlik tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, Kim Chen In yadroviy kuchlarni izchil kengaytirish va mustahkamlash hamda yadroviy davlat maqomini to‘liq amalga oshirishni xalqaro harbiy-siyosiy vaziyatga javob berishning eng to‘g‘ri yo‘li deb atagan. Biroq mamlakat yadroviy arsenali bo‘yicha qanday aniq choralar ko‘rilishi haqida gapirmagan.
Shu bilan birga, Kim Chen In an’anaviy qurol-yarog‘larni kuchaytirish va 10 ming tonna suv sig‘imiga ega strategik boshqariladigan raketa kreyseri qurilishini jadallashtirish bo‘yicha topshiriq bergan. Seuldagi Shimoliy Koreya tadqiqotlari universiteti professori Yan Mu Chjinning ta’kidlashicha, mazkur bayonot Pxenyanning denuklearizatsiya muzokaralarini rad etish va o‘zini yadroviy davlat sifatida tan oldirish siyosati davom etayotganini ko‘rsatadi.
Uning fikricha, Shimoliy Koreya endi faqat yadroviy davlat sifatida teng maqomda muzokara olib borishga tayyor bo‘lishi mumkin. Bunday muzokaralar qurollarni qisqartirish masalasiga qaratilgan bo‘lib, ular denuklearizatsiya bo‘yicha avvalgi takliflardan tubdan farq qiladi.
Yan Mu Chjin partiya yig‘ilishida AQSH va Janubiy Koreyaning Yadroviy maslahatlashuv guruhi hamda Seulning yadroviy energiyada harakatlanuvchi suvosti kemasi yaratish rejalari haqidagi fikrlar Pxenyan tomonidan o‘z yadroviy dasturini oqlash uchun qo‘llanilayotganini qayd etgan.
Ma’lumot uchun, Shimoliy Koreya 2006–2017 yillar davomida BMT va AQSH tomonidan joriy etilgan ko‘plab sanksiyalarga qaramay, yadroviy qurol va ballistik raketa dasturlarini rivojlantirishda davom etdi. Pxenyan o‘zini rasman yadroviy davlat deb e’lon qilgan va AQSH, Xitoy hamda Janubiy Koreyaning ko‘p yillik diplomatik sa’y-harakatlariga qaramay, yadroviy quroldan voz kechmasligini bir necha bor ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mamlakatning yangi ishga tushirilgan yadroviy material ishlab chiqarish korxonasiga tashrifi chog‘ida yadroviy arsenalni “eksponensial darajada” kengaytirish zarurligini bildirgandi.