Kurs UZS

USD

12 913.19

4

EUR

13 908.80

-26.67

RUB

154.17

0.87

Shimoliy Koreya Rossiyaga yana 3 ming askarini joylashtirdi – Seul 

Olam

image

Shimoliy Koreya yil boshidan beri Moskvaning Ukrainaga qarshi urushida qatnashayotgan harbiylarni kuchaytirish uchun Rossiyaga yana 3000 askar yubordi. Bu haqda bugun, 27 mart kuni Janubiy Koreya Birlashgan shtab boshliqlari qo‘mitasi ma’lum qildi. 

“Rossiyaga dastlab yuborilgan Shimoliy Koreyaning 11 ming askaridan 4 ming nafari halok bo‘lgan yoki yaralangan”, deb hisoblaydi Seul.

Bundan tashqari, Pxenyan Moskvani raketalar, artilleriya va o‘q-dorilar bilan ta’minlashda davom etmoqda.

Bildirilishicha, hozirda Shimoliy Koreya Rossiyaga “katta miqdordagi qisqa masofali ballistik raketalar”, shuningdek, granata otish moslamalari va bir nechta raketa tizimlarini yetkazib bergani aniqlangan.

“Frontdagi vaziyatga qarab, bu raqam oshishi mumkin”, deya ogohlantirdi Seul.

2024 yil oktyabr oyidan buyon KXDR Janubiy Koreya, Ukraina va AQSH ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasining Ukraina bilan chegaradosh Kursk viloyatiga 10 mingga yaqin harbiy xizmatchini joylashtirgan.

Yanvar oyi oxirida Amerikaning “The New York Times” gazetasi va Britaniyaning “Sky News” telekanali Shimoliy Koreya qo‘shinlari yirik yo‘qotishlar tufayli front chizig‘idan olib chiqilishi kerakligi haqida xabar bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Shimoliy Koreya Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing