Shimoliy Koreya ayollarning shorti kiyishini taqiqlayapti
Olam
−
17 avgust 2023
16763Shimoliy Koreya hukumati ayollarning shorti kiyishini taqiqlamoqchi. Bu haqda “Euronews” nashri xabar berdi.
Shimoliy Koreya o‘zining avtoritar tizimi va chiqariladigan noodatiy qonunlari bilan mashhur. Bu galgi kuchga kirishi mumkin bo‘lgan qonun esa ayollarga kalta shim kiyishni taqiqlaydi.
Gap shundaki, mamlakat rahbari Kim Chen In ayollarning kalta shim kiyishini “kapitalistik moda” deb atagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda shu kunga qadar 10 nafar ayol shunchaki kaltaroq shim kiygani uchun hibsga olingan. Ammo manbaning keltirishicha, mamlakatdagi ayollar bunday qonunlardan mamnun emas.
"Ko‘p ayollar shikoyat qilmoqda. “Nima uchun erkaklar shorti kiyishi mumkin, ayollar esa yo‘q?” deb so‘rashmoqda”, deyiladi xabarda “Ozod Osiyo” radiosining anonim manbasiga tayanib.
Bu mamlakatning faqat ayollar uchun cheklovlarni joriy etuvchi birinchi qonuni emas. Keltirilishicha, avgust oyi boshida ham jamoat joylarida chekish faqat ayollar uchun cheklangan edi. O‘shanda Pyongan shimolida yashovchi ikki ayol tashqariga chekish uchun chiqqanida jarimaga tortilgan va agar ular yana qo‘lga olinsa, bir oyga intizomiy mehnat markaziga jo‘natilishi haqida ogohlantirilgan.
Bundan tashqari, o‘tgan yili ayollar “kapitalistik moda”da kiyinganligi, ya’ni tor shim kiygani va sochlarini bo‘yagani uchun ham jazoga hukm qilingan.
Ma’lumot uchun, Yaponiyada ham uzoq vaqtdan beri maktab o‘quvchilari uchun kiyim-kechak bilan bog‘liq juda qat’iy qoidalar mavjud. Hukumat hatto ularning nima kiyishi mumkinligi - ichki kiyimining rangi, paypoqlarining uzunligi va soch turmagigacha belgilab bergan.
LiveBarchasi