Shimoliy Farg‘ona kanalida oqib ketayotgan ayol qutqarib qolindi (video)
Jamiyat
−
25 iyul 2021
17934Bugun, 25 iyul kuni Namangan shahrida ayol Shimoliy Farg‘ona kanalida oqib ketdi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, hududdan o‘tib ketayotgan viloyat YHXB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Shavkat Sodiqov kanalda oqib ketayotgan ayolni suvdan olib chiqqan. Ayol shifoxonaga yotqizilgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi bergan xabarga ko‘ra, joriy yilning 25 iyul kuni soat 7:55 larda Namangan shahar Kosonsoy ko‘chasidan oqib o‘tuvchi Shimoliy Farg‘ona kanalida ayol kishining oqib ketayotgani to‘g‘risida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga xabar kelib tushgan. FVB Qutqaruv otryadining suvda qidiruv-qutqaruv guruhi voqea joyiga yetib borgan.
Xabarga ko‘ra, FVB qutqaruvchilari Namangan viloyati IIB YHXB xodimi bilan birgalikda suvda oqib ketayotgan fuqaroni qutqarib olib, birinchi yordamni ko‘rsatgan. Qutqarib olingan fuqaro shifoxonaga yotqizilgan.
“Hozirda fuqaro shifokorlar nazoratida. Holat yuzasidan hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan surishtiruv olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi