Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoniga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Podpolkovnik Ayubjon Rahimovich Rustamov O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining buyrug‘i bilan Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari – boshqarma boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Shu paytgacha Ayubjon Rustamov 2019 yilning oktyabr oyidan Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugdagi harbiy qism komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida xizmat qilib kelgan.
 
Ma’lumot uchun, Ayubjon Rustamov 2001 yilda Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti (hozirgi Qurolli Kuchlar akademiyasi)ni tamomlab, 2005 yilda Chirchiq oliy-tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti malaka oshirish kurslarida tahsil olgan. 2007-2009 yillarda Qurolli Kuchlar akademiyasining motoo‘qchi qo‘shinlari taktik qo‘mondonligi texnik ta’minot taktik-shtab operativ qo‘mondonligi yo‘nalishida ta’lim olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

179

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing