Shimolga qarshi ko‘tarilgan musht. AQSH va Janubiy Koreya ham ballistik raketa uchirdi

Olam

image

Bugun, 5 oktyabr kuni ertalab AQSH va Janubiy Koreya Koreya yarimorolining sharqiy qirg‘oqlari yaqinida to‘rtta raketa uchirdi. Bu haqda SNN xabar berdi.

Bu ittifoqchilarning so‘ngi 24 soat ichidagi ikkinchi mashg‘uloti bo‘lib, Koreya Xalq Demokratik Respublikasining bir kun oldin qo‘shni Yaponiya ustidan ogohlantirishsiz ballistik raketa uchirishiga javoban amalga oshirildi.

Ko‘rinib turibdiki, ittifoqchilar strategiyalarini o‘zgartirdi, chunki ular odatda Shimoliy Koreyaning raketa sinovlariga harbiy mashqlar bilan javob berar edi. 

Bugungi sinov to‘rtta ATASMS raketalarini o‘z ichiga oladi, deyiladi Janubiy Koreya qo‘mondonligi bayonotida. Armiya-taktik raketa tizimlari sifatida ham tanilgan bunday qurollar taxminan 200 milya (320 kilometr) ucha oladigan raketalardir.

Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbining so‘zlariga ko‘ra, bu sinov AQSH va uning ittifoqchilari “Shimolning provokatsiyalariga javob berish uchun yetarlicha harbiy salohiyatga ega ekanligini” ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan. 

“Bizning maqsadimiz – Koreya yarimorolining yadrosizlanishini ko‘rish. Lekin Kim Chen In bunday qilmoqchi emas. Ochig‘ini aytganda, u raketa sinovlarini o‘tkazishda davom etib, qarama qarshi yo‘nalishda harakat qilmoqda, bu qoidabuzarlikdir”, deya qo‘shimcha qildi u.

Milliy xavfsizlik kengashi matbuot kotibi Kirbining aytishicha, Shimoliy Koreya ballistik raketa ishlab chiqarishda taraqqiyotga erishmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, 4 oktyabr kuni KXDR ballistik raketa sinovini o‘tkazdi. Bu uning joriy yildagi 23-sinovi bo‘ldi. 

So‘nggi sinovning ahamiyati shundaki, Koreya raketasi 2017 yil sentyabridan beri birinchi marta Yaponiya ustidan uchib o‘tdi.

AQSH va Yaponiya Shimoliy Koreyaga qarshi birgalikda javob qaytardi. AQSH dengiz piyodalari korpusi va Yaponiya havo mudofaa kuchlari qiruvchi samolyotlari Yapon dengizi ustidan uchib o‘tdi.

AQSH aynan shu kuni Janubiy Koreya bilan ham hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, KXDR provokatsiyasiga javoban Koreya yarimoroli g‘arbidagi o‘q otish poligoniga F-15K qiruvchi samolyotiga o‘rnatilgan "havo-yer" tipidagi raketa bilan ikki marta havodan zarba berdi.

Musulmon Ziyo


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

343

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing