Shifokorni kaltaklagan erkakka nisbatan jinoyat ishi ochildi

Jamiyat

image

Avvalroq, Toshkentda 6-podstansiyaning tez tibbiy yordam shifokori Jahongir Xo‘jayevga nisbatan bemorning yaqinlari tajovuz qilgani haqida xabar bergan edik.

Bugun, 3 oktyabr kuni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati tez tibbiy yordam shifokori Jahongir Xo‘jayevning kaltaklanishi bo‘yicha ma’lumot berdi va halat yuzasidan jinoiy ish ochilganini ma’lum qildi.

29 sentyabr kuni soat 23.58 da Yunusobod tumani IIO FMB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, soat 23:30 da shahar 7-son klinik shifoxonasiga tan shikastlari bilan 27 yoshli shifokor Jahongir Xo‘jayev olib kelingan.

Aniqlanishicha, Jahongir Xo‘jayev o‘z xizmat vazifalarini bajarish davomida 21 yoshli feldsher bilan birga chaqiruv tomon yo‘l olgan. Yetib kelishgach, o‘zini yomon his qilayotgan Dildora M.ga ukol qilib, uni shifoxonaga yetkazishgan. Qizning shifoxonaga mast holatda kelgan 29 yoshli akasi Mirhayot M. avval shifokorlarni haqorat qilib, so‘ng Jahongir Xo‘jayevni urgan.

Ushbu fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (“Bezorilik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov shifokorlarning bo‘pposlanishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga murojaat yo‘lladi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent bezorilik tez yordam

Baholaganlar

93

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing