“Shifokorlarga ayt, menga suv berishsin”. Zangiotada vafot etgan quvaytlik fuqaroning eng so‘nggi so‘zi shu edi

Intervyu

Joriy yilning 15 oktyabr kuni Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirusga chalingan quvaytlik bemor Saleh Darvesh 67 yoshida vafot etdi. U ushbu shifoxonaga 6 oktyabr kuni koronavirus asoratlari bilan olib kelingandi. 

15 oktyabr kuni vafot etgan Saleh Darveshning jasadi kecha, 19 oktyabr kuni dafn etildi. 

Zangiota shifoxonasida vafot etganlar ko‘pligiga guvoh bo‘lgan quvaytlik Saleh Darveshning turmush o‘rtog‘i Fotima Nosirova QALAMPIR.UZ tahririyatiga kelib, erining vafoti va shifoxonadagi holat xususida intervyu berishni istadi. 

Uning qayd etishicha, Zangiotada ikkita yuqumli kasalliklar, xususan koronavirusni davolashga ixtisoslashgan shifoxona bo‘lib, ulardan biri xalq tilida INTER, ikkinchisi esa “Temiryo‘lchi” deb ataladi. Quvaytlik Saleh Darvesh aynan ikkinchi shifoxonada vafot etgan. 

Saleh Darveshning rafiqasi Fotima Nosirova shifokorlar tomonidan bo‘lgan qo‘pol muomala, turmush o‘rtog‘iga nisbatan bee’tiborlik, bemorning bir qultum suvga zor bo‘lgani haqida aytar ekan, ushbu intervyudan yagona maqsadi, hech bo‘lmasa boshqalar hayotini saylab qolish ekanini urg‘ulaydi. 

Eslatib o‘tamiz, mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida QALAMPIR.UZ o‘tgan haftaning shanba kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati rahbari Furqat Sanayev bilan bog‘langan edi. Mas’ul bundan xabardor emasligi, holat yuzasidan Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi ma’muriyati bilan bog‘langani, bemorning vafoti haqidagi ma’lumotlar tayyor bo‘lgach, xabar berilishini aytgandi. Oradan besh kun o‘tdi hamki, SSVdan darak yo‘q. O‘rganib ham ketdik! Uyg‘on, SSV! Uyg‘on!

Marhum bemorning rafiqasi bilan intervyuni yuqoridagi videopleyerda yoki QALAMPIR.UZ’ning YouTube’dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1989

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing