Shifokorlar koronavirus infeksiyasining yangi simptomini aniqladilar
Salomatlik
−
16 aprel 2020
21484Oyoqlarga toshma toshishi SARS-CoV-2 koronavirus infeksiyasining yangi alomati bo‘lishi mumkin. Bu haqda Ispaniya va Italiya shifokorlari ma’lum qilishdi.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi bilan shifoxonaga yotqizilgan italiyaliklarning 20 foizida terida muammolar bo‘lgan. Ushbu alomat bolalar va o‘spirinlar uchun eng xarakterlidir. Ispaniya pediatrlari COVID-19 toshmalarning chechak va qizamiq toshmalari bilan o‘xshashligini ta’kidlashdi.
Shu munosabat bilan shifokorlar ushbu alomat paydo bo‘lgan taqdirda uyda o‘z-o‘zini izolyatsiya qilishga chaqirishdi. Ammo, shunga qaramay, faqat toshmaning o‘zi paydo bo‘lishi sababli koronavirus haqida shikoyat bilan tibbiy muassasalarga bormaslikni maslahat berishdi.
Hozircha shifokorlar koronavirusning bir nechta alomatlarini aniqlashgan. Bular: isitma, quruq yo‘tal, holsizlik, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, hid bilish qobiliyatining yo‘qolishi va ko‘z shilliq qavatini yallig‘lanishi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirus bilan bog‘liq 2 064 115 holat qayd etilgan. Kasallanganlarning 510 350 nafari sog‘aygan, 134 616 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 1 438 360 kishini tashkil qilmoqda.