Koronavirusning yangi alomati aniqlandi
Salomatlik
−
24 aprel 2020
28301Amerikalik shifokorlar COVID-19 kasalligining yangi simptomini aniqladilar. Unga norasmiy “koronavirus barmoqlari“ deb nom berishdi. Bu haqda "USA Today" nashri xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, alomat oyoq barmoqlarining ko‘k yoki binafsha rangga kirishi sifatida tavsiflanadi. Ushbu alomat kasallikning erta bosqichida namoyon bo‘ladi.
Pensilvaniya universitetining yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassisi Ebbing Lyutenbaxning so‘zlariga ko‘ra, dog‘lar, odatda, unga tegib ketganda qizish va og‘riq hislar bilan birga keladi. Olimlar ushbu jarayonni odam terisidagi ba’zi faoliyat turlarini buzilishi bilan tavsiflamoqdalar.
Ta’kidlanishicha, infeksiyaning bunday namoyon bo‘lishi o‘tkir respirator buzilish sindromi bo‘lgan og‘ir bemorlarda ham, asimptomatik bemorlarda, shu jumladan bolalarda ham uchrashi mumkinligi ma’lum qilingan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirus bilan bog‘liq 2 725 495 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 745 905 nafari sog‘aygan, 191 060 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 1 788 530 kishini tashkil qilmoqda.