Shifokorlar ayolning ko‘zidan qurt chiqarib oldi

Olam

image

Rossiyaning Omsk shahrida shifokorlar bir ayolning ko‘zidan jonli parazitni olib tashladi. Bu haqda hududiy Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bir bemor ayol tez tibbiy yordam bo‘limiga qoshi ostida nimadir harakat qilayotgandek his qilgani uchun murojaat qilgan. Oftalmolog tekshiruv o‘tkazib, uning ko‘zi ostidan jonli kurt, ya’ni chumoliga o‘xshash parazit chuvalchangni topib, darhol olib tashlagan. Jarayondan so‘ng ayolga infeksion bo‘limga murojaat qilish tavsiya etilgan.  

Ma’lum bo‘lishicha, olingan parazit dirofilyariya bo‘lib, u kasallangan hayvonlardan chivinlar orqali odamga yuqadi. Shifokorlar yiliga o‘rtacha uch-to‘rt marta bunday parazitni olib tashlaydi.

Inson tanasida dirofilyariya jinsiy yetuklik bosqichiga yetmaydi va ko‘paymaydi, shu sababli u atrofdagilar uchun xavfli emas. Shunga qaramay, parazitning kattalashgan shakli ancha yirik bo‘lishi mumkin – u 15-18 santimetr uzunlikka yetadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Chimkent shahrida o‘tkazilgan murakkab jarrohlik amaliyotida 10 yoshli bolaning miyasidan o‘ndan ortiq qurt olib tashlangan edi.

Mohichehra Qadamova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing