Shifokorlar 6,5 soat oldin to‘xtagan yurakni hayotga qaytardi

Olam

image

Ispaniyada shifokorlar 34 yoshli ayol Odri Myeshning 6,5 soat to‘xtab qolgan yuragini hayotga qaytardi. 

Ma’lum qilinishicha, ayol eri bilan Kataloniyadagi Pireneya tog‘ tizmalariga dam olish uchun borgan. Er-xotin 2,5 ming metr balandlikka ko‘tarilishgan. Aksiga olgandek, shu tobda havoning avzoyi aynigan. Ayol esa havo buzilishi ta’sirida hushidan ketib yiqilgan. Er xotinining tomir urishini tekshirib ko‘rganida, uning yurak urishi ham, nafas olishi to‘xtaganligini aniqlagan.

Xabarda aytilishicha, qutqaruvchilar vertolyotda yetib kelishganida ayolning tana harorati 18 darajagacha tushib ketgan. Zudlik bilan uni Barselona shifoxonasiga olib borishgan.

Jonlantirish bo‘limining tajribali shifokorlari uzoq urinishlardan so‘ng allaqachon ishlashdan to‘xtab, shu ko‘yi 6,5 soat turib qolgan yurakni qaytadan ishlashiga erishishdi.

Hozirda ayol o‘zini juda yaxshi his etmoqda, deyiladi xabarda.

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ispaniya Shifokor

Baholaganlar

211

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing