Shifokor klinik o‘lim holatidagi bolaning hayotini saqlab qoldi (video)
Jamiyat
−
19 iyul 2019
17811Ijtimoiy tarmoqlarda klinik o‘lim holatidagi bolaning hayoti saqlab qolingani haqidagi video tarqaldi.
Ma’lum bo‘lishicha, Toshkentdagi klinikalardan birida shifokor Sergey Vladimirovich ota-onasi tomonidan klinik o‘lim holatida (nafas olishi to‘xtab qolgan) olib kelingan bolakayning hayotini saqlab qolgan.
Voqea poytaxtda joylashgan xususiy klinikalardan birida yuz bergan. U yerda ishlovchi Sergey Vladimirovich ismli shifokor aslida reanimatolog bo‘lmasada, biroq klinik o‘lim holatida olib kelingan 2 yoshli bolani qutqarib qolgan.
Ma’lumot uchun, klinik o‘lim – hayot faoliyatlarini tiklash imkoni qolmaguncha, ya’ni biologik o‘limgacha bo‘lgan davr. Bunda hayotning tashqi belgilari (yurak urishi, nafas) 3-5 minutga yo‘qoladi, markaziy nerv tizimi faoliyatlari so‘nadi, lekin moddalar almashinuvi jarayoni saqlanadi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15