Sherzod Qudbiyev Soliq qo‘mitasiga qaytdi
Jamiyat
−
03 avgust 2023
12458O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Sherzod Qudbiyev Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Shu munosabat bilan Sherzod Qudbiyev O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimidan ozod etildi.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning 30 dekabr kuni Sherzod Davlatovich Qudbiyev Iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimiga tayinlangandi. Bundan oldin ham u Soliq qo‘mitasiga rais bo‘lgan. U qo‘mita raisi bo‘lgan davrda unga Fiskal instituti rektori vazifasini bajarish ham topshirilgandi.
Shuningdek, u 2022 yilning 25 aprelida O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasiga rais etib saylangan. Sherzod Qudbiyev 2022 yilning 19 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan qat’iy ogohlantirilgandi.
2020 yil oktyabr oyi o‘rtalarida ijtimoiy tarmoqlarda DSQ raisi Sherzod Qudbiyev tadbirkorga ortiqcha to‘langan QQS summasi o‘z vaqtida qaytarilmagani, uning hisob raqamini yopib qo‘yilganidan g‘azablanib, xodimni haqorat qilgani yozilgan audio tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Qo‘mita raisi audioyozuvdagi gaplar unga tegishli ekanini tan olgan, ammo bu bo‘yicha biror chora ko‘rilgani haqida xabar berilmagan.
LiveBarchasi