Qoraqalpog‘istonda ikki yigit voyaga yetmagan qizning nomusiga tegdi

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasi janubiy tumanlarining birida ikki yigit voyaga yetmagan qizning nomusiga tegishdi.

1993 yilda tug‘ilgan B.E. bundan uch yil oldin badanga shikast yetkazish bilan bog‘liq jinoyatga qo‘l urgan, ammo sudning ajrimiga ko‘ra uning ayblilik masalasi taraflarning yarashganligi munosabati bilan harakatdan tugatilgandi. Bundan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan B.E. har doim bekor yurishni odat qilgan. Tayinli bir ishning boshidan tutmagan, qolaversa, yosh oilasi “tashvish”ini ota-ona ixtiyoriga topshirib, “o‘ziga o‘xshagan”lar bilan ulfatchilik qilishni odatga aylantirdi.

Shu bilan birga B.E. o‘z oilasi bo‘lishiga qaramasdan, axloqan qashshoqligi bois oilasidan ajrashgan, na kelinlik xonadoniga, na ota uyiga sig‘may, sayoq yurgan D.H. ismli ayol bilan ham  “pinhona” uchrashib yuradi.

Bundan tashqari, B.E. bu payt davomida o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan, hali balog‘at yoshiga yetmagan qizning ham “boshini aylantirib”, uning nomusiga tegish rejalarini tuzar edi.

Kunlarning birida B.E. o‘zining bekorchi tanishlari bilan hududdagi kafelardan biridan mast holatda chiqib, tanishining uyida ichkilikbozlikni yana davom ettiradi.

Oradan biroz vaqt o‘tgach, B.E. mast holatida bu uyga voyaga yetmagan tanish qizni ham olib keladi. Hali balog‘at yoshiga yetmagan qizga majburlab spirtli ichimlik ichirishadi.

Shu payt B.E. qizning sarxushligidan foydalanib, uni qo‘shni xonaga olib chiqib zo‘rlaydi. Undan keyin uning yaqin do‘sti M.O. ham qizning ojizligidan, ya’ni o‘zini himoya qilish imkoniyatiga ega emasligidan foydalanadi.

Ikki yigit tomonidan sodir etilgan og‘ir jinoyat o‘z vaqtida huquq-tartibot organi xodimlari tomonidan fosh etilib, jinoyatchilar qo‘lga olindi va ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Sud ishni xolisona va har tomonlama o‘rganib chiqdi va sudning hukmiga binoan, B.E. va M.O.ga qilmishlariga yarasha uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat

Baholaganlar

291

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing