Sherzod Asadov Sergey Kiriyenko va Dmitriy Peskov bilan uchrashdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov Moskva shahrida uch kunlik tashrif bilan bo‘lib, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko va Administratsiya rahbarining o‘rinbosari – Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov bilan uchrashdi. Bu haqda Asadov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

“Moskva shahriga uch kunlik tashrif davomida delegatsiyamiz Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko, Administratsiya rahbarining o‘rinbosari – Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov, Prezidentning strategik sheriklik va hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Vadim Titov, Prezidentning jamoat loyihalari boshqarmasi boshlig‘i Sergey Novikov hamda Prezidentning AKT va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Tatyana Matveyeva bilan uchrashuvlar o‘tkazdi”, deydi Asadov.

Uning bildirishicha, shuningdek, Rossiyaning qator jamoat va yoshlar tuzilmalari, kreativ va media tashkilotlari vakillari bilan ham uchrashuvlar bo‘lib o‘tgan.

Asosiy e’tibor muntazam professional muloqotni rivojlantirish, matbuot xizmatlari, tahlil markazlari va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, qo‘shma ta’lim tadbirlarini o‘tkazish masalalari muhokama qilingan.

“Boshqaruv kadrlarini tayyorlashga ixtisoslashgan zamonaviy markaz – “Senej” boshqaruv ustaxonasi faoliyati bilan tanishuv katta qiziqish uyg‘otdi”, deydi O‘zbekiston Prezidenti matbuot kotibi.

Uning bildirishicha, o‘tkazilgan uchrashuvlar tomonlarning media va kommunikatsiyalar sohasida ochiq muloqotga, tajriba almashishga hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini tasdiqlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Dmitriy Peskov Sherzod Asadov Sergey Kirienko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing