Sherzod Asadov Prezident matbuot kotibi etib tayinlandi

Jamiyat

image

Sherzod Asadov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi. 

Oldin u Prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari – Prezident matbuot kotibi lavozimida ishlagan. U bu lavozimga 2021 yil 24 martda kirishgan.

Sherzod Ikromovich Asadov 1981 yil 4 mayda Buxoro viloyati Shofirkon tumanida tug‘ilgan. U Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan.

Asadov 2007-2008 yillarda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining tahlil va tashqi siyosat strategiyasi bosh boshqarmasida referent va attashe lavozimlarida ishlagan. 2008-2012 yillarda O‘zbekiston Respublikasining Singapurdagi elchixonasi attashesi, keyinchalik uchinchi kotibi bo‘lgan. 

2012-2015 yillarda u MDH va SHHT davlatlari bilan hamkorlik boshqarmasining ikkinchi, birinchi kotibi, bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. 2018 yilda O‘zbekistonning Avstriyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlangan. 2020 yilda esa Sherzod Asadov YeXHT Doimiy kengashining Iqtisodiy va ekologiya qo‘mitasi raisi lavozimini egallagan.

2020 yil 19 mart kuni Asadov O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari etib tayinlangan. Oilali, uch nafar farzandi bor.


Maqola muallifi

Teglar

Sherzod Asadov Prezident matbuot kotibi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing