Sherobod tumani hokimi ishdan bo‘shadi 

Jamiyat

image

Sherobod tumani hokimi sog‘lig‘i tufayli lavozimdan ozod etildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Unga ko‘ra, Xalq deputatlari Sherobod tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqilgan.

Sessiyada tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan Zaynobiddin Xalilov sog‘ligi tufayli o‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan ozod etilgan. Uning o‘rniga Usmon Alimov tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.

Usmon Alimov 1983 yil 6 aprelda Denov tumanida tug‘ilgan. 2007 yil va 2014 yilda Termiz davlat universitetini, 2021 yilda Prezident huzuridagi davlat boshqaruv akademiyasini tugatgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – milliy istiqlol g‘oyasi huquq va ma’naviyat asoslari, iqtisodiyot, davlat boshqaruvi.

Usmon Alimov 2013-2019 yillarda viloyat hokimligida turli vazifalarda hamda Uzun tumani hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2019 yildan buyon Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Zaynobiddin Xalilov shu yilning yanvar oyida Sherobod tumani hokimi lavozimiga tasdiqlangan edi. U 2006-2022 yillarda monopoliya, qurilish vazirligi, raqobat qo‘mitasi, hisob palatasida turli lavozimlarda ishlagan. 2022 yildan buyon Hisob palatasining sho‘’ba mudiri lavozimida ishlab kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov hokim Sherobod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing