“Sherlar”ga qarshi “ajdarlar”. Bugun O‘zbekiston Superkubogining g‘olibi aniqlanadi

Sport

image

Bugun, 29 may kuni Toshkent shahridagi “Bunyodkor” stadionida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superkubogining final o‘yini bo‘lib o‘tadi. Hal qiluvchi bahsda Toshkentning “Paxtakor” klubi Qarshining “Nasaf” jamoasi bilan kuch sinashadi. 

“Paxtakor” va “Nasaf” jamoalari 2009 yildan buyon o‘zaro 42 ta o‘yin o‘tkazgan. Bahslarning 18 tasida “Paxtakor” g‘alaba qozongan bo‘lsa, “Nasaf” 10 uchrashuvda raqibdan ustun kelgan. Yana 14 o‘yinda durang qayd etilgan.

Superkubokda "sherlar" va "ajdarlar" to‘rt bor to‘qnash kelgan. 2016 va 2023 yilgi o‘yinlarda “Nasaf”ga g‘alaba nasib etgan bo‘lsa, 2021 va 2022 yillarda toshkentliklarning qo‘li baland kelgan. 

“Paxtakor” va “Nasaf” o‘yini soat 19:00 da start oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Paxtakor Nasaf Bunyodkor Superkubok

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made