Shahrisabz xavf ostidagi butunjahon merosi ro‘yxatida qoldirildi

Jamiyat

image

Kecha, 2 iyul kuni Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida o‘tayotgan YUNESKO Butunjahon merosi masalalari bo‘yicha 43-sessiyasida Shahrisabzga doir qaror qabul qilindi.

Hujjat O‘zbekiston rahbariyati tomonidan jahon merosini muhofaza qilishga doir qabul qilingan chora-tadbirlarni,  shu jumladan hukumatning tarixiy shaharlardagi barcha qurilish ishlarini to‘xtatishga oid qarorini tasdiqlaydi. U shaharning istiqboldagi rivojlanishiga doir aniq tavsiyalarga ega bo‘lib, Shahrisabzni xavf ostidagi butunjahon merosi ro‘yxatida qoldirish haqida qaror qiladi.

O‘zbekiston tomon ikki yil muddat ichida shaharning regeneratsiya rejasi loyihasini ishlab chiqish majburiyatini oldi.

Ma’lumot uchun, Bakudagi yig‘ilishda O‘zbekistondan Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Shahrisabz UNESCO

Baholaganlar

41

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing