Shayxontohurda xonadon yonib ketdi
3-sahifa
−
02 dekabr 2021 11386 1 daqiqa
Kecha, 1 dekabr kuni Toshkentning Shayxontohur tumanidagi xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.
Yong‘in soat 22:18 da tumanning Jarariq ko‘chasida joylashgan xonadonlardan birida yuz bergan. Yong‘inni o‘chirish uchun 4 ta maxsus texnika soat 22:26 da voqea joyiga yetib borgan. 22:55 da yong‘in to‘liq o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida xonadonning taxminan 200-250 kv.m maydoni zararlangan. Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra jabrlangan va halok bo‘lgan fuqarolar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Live
BarchasiIsroil droni G‘azoda avtomobilga zarba berdi
13 sentabr