Shayxontohur tumaniga yangi prokuror tayinlandi
Jamiyat
−
15 oktabr 2025 8702 1 daqiqa
Akmal Ahmedovich Usmonov Toshkent shahridagi Shayxontohur tumani prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda tuman hokimligi xabar berdi.
Akmal Usmonov 1986 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. Toshkent davlat yuridik instituti hamda Huquqni muhofaza qilish akademiyasini tamomlagan. U tayinlovga qadar Toshkent shahar prokuraturasida faoliyat yuritib kelgan.
Ma’lumot uchun, mazkur tayinlovga qadar Shayxontohur tumanida Anvar O‘rmonov prokuror lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning ukasi Shavkatjon Turdimov yangi lavozimga tayinlangandi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28