Shayx Abdulaziz Mansur yangi lavozimga tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 12 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining o‘rinbosari shayx Abdulaziz Mansur O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Ma’lumot uchun, Shayx Abdulaziz Mansur (Mansurov Abdulaziz Dadajon o‘g‘li) 1944 yil Farg‘ona tumanida tug‘ilgan. 

1975–1979 yillari Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida, 1980–1981 yillarda Sudan islom universitetida tahsil olgan.

1982–1989 yillarda O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi Fatvo bo‘limi mudiri lavozimida ishlagan.

Shuningdek. Abdulaziz Mansur Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida ilmiy xodim, “Movarounnahr” nashriyoti mudiri,                        O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining millatlalaro munosabatlar va diniy masalalar bo‘yicha davlat maslahatchisi kabi mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2006 yildan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi (muftiy) o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

2018-2019 yillarda bir muddat Toshkent shahrining bosh imom xatibi va Minor masjidining imomi bo‘lib ham ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

shayx lavozimga

Baholaganlar

165

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing