Hayit kuni O‘zbekistonda havo harorati +40 darajagacha ko‘tariladi
Bu qiziq
−
22 May 2020 10647 1 daqiqa
Bugun, 22 may kuni Eron hududidan O‘zbekistonning shimoliy va janubiy hududlariga quruq va iliq havo oqimi kirib keladi. Respublika bo‘yicha havoning ochiq bo‘lishi kutilmoqda. Termometr ustunchasi kunduz kuni +28...+31 darajagacha ko‘tariladi. Respublikaning shimoliy, cho‘l zonalari va janubida harorat bundan ham issiq, ya’ni +33...+35 darajani tashkil etadi.
23-24 may kunlari Markaziy Osiyo hududi ustidagi janubiy oqimlar kuchayib, havo haroratining ko‘tarilishi davom etadi. Kechasi havo harorati +15...+18 daraja, kunduzi +35...+37 darajagacha, shimoliy, janubiy va cho‘l zonalarida esa +38...+40 darajagacha ko‘tariladi. Bunday harorat o‘rtacha ko‘p yillik ko‘rsatkichlardan 4-6 darajaga yuqori bo‘lib, eng issiq yillarda shu kunda kuzatilgan haroratga yaqin bo‘ladi.
Respublikaning shimoli va cho‘l zonalarida shamolning tezligi sekundiga 17-22 gacha kuchayadi.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda Ramazon hayiti 24 may kuni nishonlanadi.
Live
BarchasiZangiotadagi binoda yong‘in chiqdi
15 Noyabr
Sudan armiyasi nazoratni qayta tikladi
15 Noyabr
Qora dengizda dron kemaga hujum qildi
15 Noyabr