Shavkat Rahmonov tez orada jang qiladi – UFC rahbari
Sport
−
13 Sentabr
1999O‘zbekistonda tug‘ilgan asli qozog‘istonlik UFC jangchisi Shavkat Rahmonovning navbatdagi jangi sanasi 14 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan UFC turniridan keyin ma’lum bo‘lishi mumkin. Bu haqda tashkilot rahbari Dana Uayt o‘z Instagram sahifasi orqali ma’lum qildi.
Uaytning fikricha, Las-Vegasda bo‘lib o‘tadigan UFC turniridan keyin Rahmanovning jangi bo‘yicha paydo bo‘lishi kutilmoqda.
“Shavkat tez orada jang qiladi. Lav-Vegasdagi UFC musobaqasi nihoyasiga yetmaguncha, boshqa hech narsa demayman”, deydi Uayt.
Ma’lumot uchun, Shavkat Rahmonov oxirgi marta o‘tgan yilning dekabr oyida Stiven Tompsonni ikkinchi raundda bo‘g‘ish bilan mag‘lub etganidan beri jang o‘tkazmadi. Shundan so‘ng “Nomad” jarohatni davoladi va tiklanish davrini o‘tkazdi.