O‘zbekiston sayyohlar uchun Wi-Fi sifatini yaxshilaydi
Jamiyat
−
14 avgust 2019 6579 1 daqiqa
O‘zbekistonda mamlakatga kelayotgan sayyohlar uchun simsiz Wi-Fi sifatini yaxshilash rejalashtirilyapti. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan mehmonxonalarni butunjahon Internet tarmog‘iga kirish, jumladan 4 mb/sdan kam bo‘lmagan tezlikdagi simsiz Wi-Fi bilan ta’minlashga doir talablarni kiritish ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek, hujjatga muvofiq aeroportlar, temir yo‘llari va avtovokzallar hududi ham 4 mb/sdan kam bo‘lmagan tezlikdagi simsiz Wi-Fi bilan ta’minlanadi.
Qayd etilishicha, mazkur qadam turistik “aqlli shahar”ni yaratish bosqichlaridan birinchisi hisoblanadi, bu yerda yuqori texnologiyalar infratuzilma va xizmatlarni yaxshilash hamda mahalliy iqtisodiyotni rag‘batlantirish yo‘lida xizmat qiladi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025