Bukmekerlar foydasining bir qismi sportga yo‘naltiriladi
Jamiyat
−
06 dekabr 2019
4618Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzolagani haqida xabar bergan edik.
Hujjatga muvofiq, bukmekerlik faoliyatini litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshiriladi;
• bukmekerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan telekommunikatsiya tarmoqlarida, shu jumladan, Internet tarmog‘i provayderlarida xizmatlar ko‘rsatilishi tartibga solinadi;
• bukmekerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlari daromadlarining bir qismini sport turlari, shu jumladan, futbolni rivojlantirish uchun yo‘naltiriladi;
• bukmekerlik faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish mexanizmlari joriy etiladi.
Shahnoza To‘ramurotova
LiveBarchasi