Mirziyoyev tashrifidan keyin Sherobodda “to‘rtlik” almashdi

Jamiyat

image

Bugun, 22 oktyabr kuni xalq deputatlari Sherobod tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. O‘rol Boboqulov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan Sherobod tumani hokimi vazifasidan ozod etildi. Shu kungacha Surxondaryo viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Alisher Amirov Sherobod tumani hokimi etib tayinlandi.

Alisher Xurramovich Amirov 1977 yilning 19 avgustida Boysun tumanida tug‘ilgan. 2001 yilda Toshkent avtomobil-yo‘llar instituti, 2014 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

2016 yilda Surxondaryo viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangunga qadar “O‘zavtoyo‘l” davlat aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisining o‘rinbosari – bosh muhandisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, sessiyada Yunusov Bahodir tuman prokurori, Aminqulov Behzod tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, Jumayev Shuhrat tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tasdiqlandi.

Sessiyada viloyat hokimi To‘ra Bobolov so‘zga chiqdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mac’ul xodimi Abdulla Tursunov ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-18 oktyabr kunlari Surxondaryo viloyatida bo‘lgan, tashrifning ikkinchi kunida Termiz shahrida Surxondaryo viloyati va tumanlar hokimlari, sektorlar rahbarlari, respublikadan kelgan mutasaddilar, faollar ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda soha va tarmoqlarning hududiy rahbarlari "qotib qolgan"i tanqid qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Sherobod

Baholaganlar

93

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing