Bosh vazir 2021 va 2022 yillarda kutilayotgan inflyatsiya darajasini ochiqladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Hukumat oldida turgan asosiy vazifani ochiqladi. Bu haqda u bugun, 18 yanvar kuni bo‘lib o‘tayogan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy kengashi yig‘ilishida gapirgan. 

“Moliya tizimini isloh qilish, soliq siyosatini takomillashtirish faoliyatimizning keyingi muhim yo‘nalishi hisoblanadi. Bu borada Jahon bankining ekspertlari bilan birgalikda bank sohasini rviojlantirishning uzoq muddatli strategiyasi hamda pul-kredit siyosatini takomillashtirish, valyutani tartibga solishning zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish, milliy valyuta barqarorligini ta’minlash maqsadida respublikada valyuta bozorini yanada takomillashtirish strategiyasi ishlab chiqiladi. Shuningdek, har yili keyingi yil uchun O‘zbekiston Respublikasi “Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish va qonunchilik palatasiga kiritish ta’minlanadi. 

Prognozlarga ko‘ra, konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlari miqdorini 2021 yilda 192 trln so‘m miqdoriga yetkazish hamda konsolidatsiyalashgan byudjet xarajatlari 193 trln so‘mni tashkil etishi kutilmoqda. Bunda xarajatlarni ijtimoiy sohaga yo‘naltirish saqlab qolinib, mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlash choralari ko‘riladi. 

Bozorda raqobat muhitini rivojlantirishga qaratilgan tashqi savdo erkinlashtirilishini saqlab qolish, ichki bozorni iste’mol tovarlari bilan to‘ldirish maqsadida ishlab chiqarishni rag‘batlantirish hamda sanoat sohalari uchun zarar ishlab chiqarish infratuzilmasini takomillashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Buning natijasida respublikaning ichki bozorini iste’mol tovarlari bilan to‘ldirish va hamda inflyatsiya darajasini 2021 yilda 11 foiz, 2022 yilda 10 foizdan past bo‘lgan darajada saqlab turish choralari ko‘riladi”, deydi Bosh vazir. 


Maqola muallifi

Teglar

Abdulla Aripov inflyatsiya

Baholaganlar

188

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing