Istanbulda o‘zbekistonlik ayol vafot etdi
Olam
−
18 iyul 2019
4995Turkiyaning Istanbul shahridagi shifoxonaga davolanish uchun yotgan O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, “Göztepe Eğitim ve Araştırma” shifoxonasiga davolanishga yotgan O‘zbekiston fuqarosi G.N. 13 iyul kuni vafot etgan.
Bosh konsulxona mazkur vaziyatni nazoratga olgan va O‘zbekiston fuqarosining jasadini dafn etish uchun Vatanga jo‘natish borasida marhumaning qarindoshlariga tegishli konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatmoqda.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr