O‘zbekistonda QQS necha foizgacha tushirilishi ma’lum qilindi
Jamiyat
−
12 Sentabr 2019
9014Tadbirkorlik sub’ektlarini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida Moliya vazirligiga qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini amaldagi 20 foizdan 15 foizgacha tushirish to‘g‘risidagi Prezident qarori loyihasini kiritish bo‘yicha topshiriq berildi.
Yangi tahrirdagi Soliq kodeksining loyihasida (Moliya vazirligi tomonidan muhokamaga qo‘yilgan) qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini 15 foizgacha tushirish hamda uning betarafligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ma’lumot uchun: yangi tahrirdagi soliq kodeksining loyihasida sotib olingan asosiy vositalar va ko‘chmas mulk bo‘yicha QQS summasini (12 - 36 oy davomida bir maromda hisobga olishning amaldagi tartibi o‘rniga) bir marttalik hisobga olish tartibi ko‘zda tutilgan, shuningdek, hisoblangan soliq miqdori bo‘yicha QQS summasini hisobga olgan holda ortiqcha miqdordagi QQS summasini qaytarish, soliq to‘lovchilarning butun doirasiga (bugungi kunda – faqat yeksportchilarga) nisbatan nazarda tutilgan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, QQS stavkasini 5 foizga kamaytirish Davlat budjetiga tushumlarni taxminan yiliga 10 trillion so‘mga yoki Yalpi ichki mahsulotga nisbatan 2 foizga kamayishiga olib keladi.
LiveBarchasi