Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga yangi rais tayinlanadi

Jamiyat

image

Bugun, 5 mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.Unda deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqdilar.

Majlisda deputatlar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga Shavkat Abdurazoqovning nomzodini ma’qulladilar.   

Shavkatjon Abdurazzoqov bugungacha Vazirlar mahkamasining qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari bo‘yicha axborot-tahlil departamenti mudiri (2017), Namangan tuman hokimi (2015-2017) sifatida ishlagan.

2018 yilning may oyidan buyon Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Bahrom Qo‘chqorov boshqarib kelayotgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi Shavkat Abdurazoqov

Baholaganlar

109

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing