Ortiqxo‘jayev yana bir loyihani amalga oshiradi
Jamiyat
−
12 dekabr 2019
23037Toshkent shahrida butunjahonga mashhur bo‘lgan Fransiyaning “Intervilles” kabi ekstremal shouning analogi ham tashkil etiladi. Bu haqda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida joylashtirilgan “O‘zbekiston Respublikasida yoshlar turizmini rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasida keltirib o‘tilgan.
Hujjatning tashkiliy choralar qismiga ko‘ra, yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan musiqa va raqs festivallari reja-jadvali ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.
Toshkent shahrida Markaziy Osiyoning eng baland “Bandji-djamping” (arqonda sakrash) attraksioni barpo etiladi. Bu vazifani amalga oshirish Toshkent shahar hokimligi (Jahongir Ortiqxo‘jayev), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Abdulaziz Aqqulov) zimmmasiga yuklatiladi.
Shahnoza To‘ramurotova
LiveBarchasi