Neymar da’vo qilyapti, u “Barselona”ni sudga berdi
Sport
−
27 Sentabr 2019
4496PSJ hujumchisi Neymar bugun, 27 sentyabr kuni o‘zining sobiq jamoasi "Barselona" ustidan sudga ko‘rsatma beradi.
Sud braziliyalik futbolchining klubga qarshi beradigan ishini ko‘rib chiqadi.
Gap shundaki, "Barselona" 2016 yilda Neymar bilan shartnomani uzaytirdi va unga bonus sifatida 20 million yevro to‘lagan.
Neymar 2017 yozida esa kataloniyaliklardan bonusning ikkinchi qismi, ya’ni 43,6 million yevro miqdoridagi mablag‘ni olishi kerak edi.
Biroq, braziliyalik forvard PSJga o‘tib ketdi va "Barselona" bu mablag‘ni muzlatib qo‘ydi. Neymar sudga "Barselona" bitimni to‘liq bajarmagani borasida ko‘rsatma beradi.
Ma’lumot uchun, Neymar "Barselona" safiga Braziliyaning "santos" klubidan kelib qo‘shilgan va 2013-2017 yillar davomida Ispaniya klubida to‘p surgan.
LiveBarchasi