Gretsiyadan Yaponiyaga Olimpiya mash’alasi olib kelindi
Sport
−
20 mart 2020
4249Olimpiya mash’alasi Gretsiyadan Yaponiyaning shimoli-sharqiy Miyagi prefekturasiga ishonchli tarzda yetkazildi. Uni kutib olish marosimi mahalliy jamoat televideniyesi tomonidan jonli efirda namoyish etildi.
Samolyot rejalashtirilganidan bir soat oldin qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bunga kuchli shamol to‘sqinlik qildi. Shu sababli marosimlar kech boshlandi. Marosimda “Tokio 2020” tashkiliy qo‘mitasi raisi Yosiro Mori, Yaponiya dzyudo federatsiyasi rahbari Yasuxiro Yamasita, dzyudo bo‘yicha uch karra Olimpiya chempioni Tadaxiro Nomura va erkin kurash bo‘yicha uch karra Olimpiya chempioni Saori Yosida ishtirok etdi.
Dastlab, mash’alani mashhur sportchilarning shaxsan o‘zi Yaponiyaga olib keladi, deb taxmin qilingan edi. Biroq koronavirus pandemiyasi marosimga jiddiy o‘zgarishlar kiritdi. Yaponiyada mahalliy maktab o‘quvchilari mash’alni kutib olishi kerak edi, ammo tibbiy sabablarga ko‘ra, bu fikrdan voz kechishga to‘g‘ri keldi.
“Biz Olimpiya o‘yinlarini xavfsiz va ishonchli muhitda o‘tkazish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz", dedi Mori. Bundan tashqari, u marosim koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tufayli qisqartirilgan dasturda o‘tayotgani uchun uzr so‘radi. Yosida va Nomura nutq so‘zlaganidan so‘ng, sakura guliga o‘xshash idishda olov yoqildi.
Estafeta 26 mart kuni Fukusima prefekturasidagi futbol mashg‘ulot markazida boshlanadi. Ammo mahalliy hokimiyat infeksiyaning tarqalish xavfi davom etayotgani sababli, odamlarni estafeta yo‘nalishi bo‘ylab ommaviy tomoshadan qaytarmoqda. Shu bilan birga, mamlakat hukumati poytaxt singari, koronavirus musobaqa o‘tkazishga xalaqit bermaydi, degan pozitsiyani qo‘llab-quvvatlamoqda. Yaponiya tomoni O‘yinlarning bekor qilinishiga, qayta tayinlanishiga va hatto tomoshabinlarsiz o‘tkazilishiga qat’iyan qarshi.
Ayni paytda Yaplniyada koronavirusga 1600 dan ziyod kishi chalingan. 40 kishi kasallikdan vafot etgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, infeksiya tarqalish dinamikasi so‘nggi kunlarda mamlakatda keskin pasaygan.
LiveBarchasi