AQSH o‘zining tezkor va halokatli qurollarini sanab o‘tdi
Olam
−
26 yanvar 2020
11049AQSH Eronga stels-texnologiyasi asosida ishlab chiqarilgan F-22 qiruvchi samolayotining beshinchi avlodi, F-35 Lightning II, shuningdek, payqash qiyin bo‘lgan B-21 Raider strategik bombardimonchisi bilan tez va halokatli zarba berishi mumkin. Bu haqda general-leytenant Devid Deptula Breaking Defense nashriga ma’lum qilgan.
General-leytenantning so‘zlariga ko‘ra, Amerikaning qiruvchi va bombardimonchi samolyotlari Eron infratuzilmalaridagi muhim ob’ektlarni bir zumda yo‘q qila oladi. Uning ishonch bilan ta’kidlashicha, Eron AQSH bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri urush qilishga qodir emas.
Devid Deptula Eronning qodir taraflarini sanab o‘tar ekan, ular qatoriga ballistik va qanotli raketalar, dronlar, masofadan boshqariladigan jangovar samolyotlar va kiber-operatsiyalarni kiritgan. Shuningdek, harbiyning ta’kidlashicha, Eronda havo hujumidan mudofaa tizimi mavjud. Bu bilan uning mintaqadagi ta’sirini susaytirish mumkin”, dedi
“Zamonaviy aerokosmik quvvatga asoslangan kuchlar to‘g‘ri qo‘llanilsa, ularning halokatli ta’siri shunday samarali bo‘ladi. Kiber-operatsiyalar bilan Eron iqtisodini, harbiy kuchlari hamda yadro dasturini tanazzulga uchratish mumkin. Bu bilan uning mintaqadagi ta’sirini susaytirishga erishsa bo‘ladi”, dedi general-leytenant Devid Deptula.
LiveBarchasi