“Tramp impichmenti”. Bugun ovoz berish jarayonlari bo‘lib o‘tishi mumkin

Olam

image

Spiker Nensi Pelosining ma’lum qilishicha, bugun, 15 yanvar kuni AQSH Prezidenti Donald Trampning impichmenti masalasida ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tishi mumkin.  

Qo‘shma Shtatlardagi Vakillar Palatasi 2019 yilning dekabr oyidayoq Trampga impichment e’lon qilish borasida ovoz bergan edi. Trampga qarshi vakolatini suiiste’mol qilish va Kongress tergoviga to‘sqinlik qilish bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgan. 

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, Prezident bu ayblovlarni rad qilib kelmoqda. U demokratlarning ushbu harakatini davlat to‘ntaruviga urinish, deya baholamoqda.

Spiker Pelosi dekabrda impichment borasidagi moddani Senatga topshirmasligini, impichment eshituvlari borasida qoida o‘rnatishini kutishini ma’lum qilgan edi. Shundan so‘ng, Respublikachilar Pelosini Senatda o‘z o‘yin qoidalarini kiritishga urinayotganlikda aybladi. Ularning yetakchisi Mitch Makkonnellning bayonotidan so‘ng, impichment to‘g‘risidagi modda yaqin kunlarda Senatga yuborilishi oydinlashgan edi.

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Donal'd Tramp ovoz berish

Baholaganlar

82

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing