Shavkat Mirziyoyev Farg‘onaga jo‘nab ketdi
Jamiyat
−
05 iyun 2020
8393Bugun, 5 iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev aholi hayoti, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan tanishish maqsadida Farg‘ona viloyatiga jo‘nab ketdi.
Safar davomida to‘qimachilik, hunarmandchilik, axborot texnologiyalari, qishloq xo‘jaligi korxonalari borib ko‘riladi, bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechiriladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 31 may kuni Farg‘ona viloyati tarkibiga kiruvchi So‘x tumani Chashma qishlog‘i aholisi va Qirg‘izistonning Botken viloyati Qadamjoy tumaning Chechma qishlog‘i aholisi o‘rtasida to‘qnashuv yuz bergandi. Shu sababdan Bosh vazir Abdulla Aripov So‘xga borib, chegara hududida Qirg‘iziston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashuv o‘tkazgandi.
Uchrashuvdan keyin Bosh vazir so‘xliklar bilan muloqot qilib, ularning muammolarini tinlagandi. O‘shanda Prezident ham tez orada Farg‘onaga borishi aytilgandi.
LiveBarchasi