Davlat tilini rivojlantirish departamentining asosiy vazifalari belgilandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan “Davlat tilini rivojlantirish departamenti to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Nizomga ko‘ra, Davlat tilini rivojlantirish departamenti Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.

Nizom bilan Departamentning asosiy vazifalari belgilandi.

Davlat tilini rivojlantirish, davlat tilining amal qilishi bilan bog‘liq muammolarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha takliflar tayyorlash, o‘zbek tilining yozma matni me’yor va qoidalarini ishlab chiqish shular jumlasidandir.

Departament tuzilmasi Prezident tomonidan tasdiqlanadi.

Ma’lumot uchun, Davlat tilini rivojlantirish departamenti Prezidentning 2019 yil 21 oktyabrdagi farmoni bilan tashkil etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Dalvat tili departament

Baholaganlar

27

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing