Qashqadaryoda departamentning bo‘lim boshlig‘i YTHga uchradi
3-sahifa
−
21 iyun 2023 11091 1 daqiqa
Qashqadaryo viloyatida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Dehqonobod tuman bo‘limi boshlig‘i mashina boshqaruvi jarayonida yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 20 iyun kuni soat 16:10 lar atrofida Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Dehqonobod tuman bo‘limi boshlig‘i B.G‘. o‘ziga biriktirilgan Nexia-3 rusumli xizmat mashina vositasida harakatlanib kelayotgan vaqtida qarama-qarshi yo‘nalishdagi fuqaro Sh.F. boshqaruvidagi Sobalt rusumli mashina bilan to‘qnashib ketgan. Shuningdek orqa tomondan harakatlanib kelayotgan fuqaro U.Yo. boshqaruvidagi Spark rusumli mashina vositasi ham B.G‘. boshqaruvidagi Nexia-3 mashinasiga kelib urilgan.
“Mazkur holat yuzasidan tegishli sud-tibbiyot ekspertizalari hamda departament xodimiga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlanib, Qashqadaryo viloyat prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda. Ekspertiza hamda xizmat tekshiruvi natijasiga ko‘ra qo‘shimcha axborot beriladi”, deyiladi xabarda.
Live
Barchasi