Buxoroda o‘qituvchi 2 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Buxoro viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida sertifikat olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda bugun, 25 may kuni Bosh prokuratura huzuridagi  Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Departamentning Buxoro tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti o‘qituvchisi Sh.Sh. fuqaro  M.J.ga tanishlari orqali “Milliy til sertifikati”ni olib berishni va’da bergani aniqlangan. U buning evaziga 2 000 AQSH dollari talab qilgan. O‘qituvchi pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, DXX va IIV xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.O. fuqaro A.B.ni tanishlari yordamida “TOEFL iBT” nomli “S1” sertifikatini olish uchun bo‘ladigan imtihondan o‘tkazib berishini aytgani aniqlangan. U buning evaziga 1 800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyati Xovos tumani hokimi o‘rinbosari, Qashqadaryo, Toshkent viloyati hamda Toshkent shahrida mansabdor shaxslar pora bilan qo‘lga tushgandi.


Maqola muallifi

Teglar

pora o'qituvchi departament

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing