Farg‘ona va Surxondaryo prokurorlari o‘rnini almashdi
Jamiyat
−
16 Sentabr 2019
9921O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlariga yangi prokurorlar tayinlanganini ma’lum qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Ulug‘bek Berdiqobilovich Qosimov Farg‘ona viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.
Ulug‘bek Qosimov tayinlovga qadar Surxondaryo viloyati prokurori lavozimida ishlagan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan Sadriddin Abdullayevich Turdiyev qadar Surxondaryo viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.
Sadriddin Turdiyev tayinlovga qadar Farg‘ona viloyati prokurori lavozimida ishlagan.
LiveBarchasi