O‘zbekistonda 100 ming tonnadan ortiq bug‘doy birjada sotildi
Jamiyat
−
19 Sentabr 2019
10217Shu yilning avgustidan boshlab, “O‘zdonmahsulot” AK mahalliy tadbirkorlik sub’ektlariga keyinchalik eksport qilish sharti bilan mahalliy oziq-ovqat bug‘doyini birja savdolari orqali sotmoqda.
Respublika tovar xomashyo birjasida o‘tkazilgan savdo natijalariga ko‘ra umumiy qiymati 202,milliard so‘mdan yuqori 105,0 ming tonna 3-sinf bug‘doyi sotildi. Bug‘doyning o‘rtacha narxi uning boshlang‘ich bahosidan deyarli oshmadi va bir tonnasi uchun 1 935,8 ming so‘mni tashkil etdi.
Ayni paytda birjaning kotirovkalash varag‘iga 1 tonnali lot bilan 3-sinf bug‘doyni sotish bo‘yicha 20 tadan ziyod namunali shartnomalar kiritilgan. Bug‘doyning boshlang‘ich narxi 1 932,0 ming so‘mni tashkil etadi. Yetkazib berish sharti – EXW (sotuvchining omborxonasidan olib ketish).
Mahalliy tadbirkorlar oziq-ovqat bug‘doyini birja savdolari orqali xarid qilib, uni bug‘doy yoki un ko‘rinishda eksport qilishda QQS summasini qaytarib olishlari mumkin.
Bu o‘z navbatida, mahsulotning tannarxiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.Birja savdolarida xaridor sifatida ishtirok etish uchun birjada akkreditatsiyadan o‘tish, hisob-kitob kliring palatasida hisobvaraqasini ochish va brokerlik idorasi bilan shartnoma tuzish kerak.
LiveBarchasi