Mirziyoyev va Putin strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzolaydi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasining Har tomonlama strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiya tuzishikutilyapti. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Kecha, 22 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning Rossiya Federatsiyasi tashqi siyosat idorasi rahbari Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Vazirlar ikki tomonlama munosabatlarning siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda jadal rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rejalashtirilgan muddatda Rossiya Federatsiyasiga amalga oshiradigan davlat tashrifiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. Tomonlar oliy darajadagi tadbir kun tartibini shakllantirish hamda ikki tomonlama hujjatlarni kelishish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga kelishib oldi.

Tashrif yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasining Har tomonlama strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiyaning imzolanishi muhimligi ta’kidlandi.

“Mamlakatimizning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga raisligi doirasida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi kelgusidagi hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi”, deyiladi TIV xabarida.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari dunyodagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qildilar. Kasallikning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish masalalarida yaqin hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Rossiya

Baholaganlar

153

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing