Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga tashrifi yakunlandi

Jamiyat

image

Bugun, 29 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘iston Respublikasiga amaliy tashrifi yakunlandi. Ostona shahri aeroportida oliy martabali mehmonni Qozog‘iston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Nurlibek Naliboyev va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ostonada davlat rahbari “Baris Arena” muz saroyida bo‘lib o‘tgan “Kelajak o‘yinlari” uchinchi xalqaro musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etgan.

Amaliy tashrif yakunlangach, O‘zbekiston Prezidenti Toshkent shahriga jo‘nab ketgan.

Ma’lumot uchun, “Kelajak o‘yinlari” o‘zida an’anaviy sport turlari va ularning raqamli shakllarini mujassam etgan. Musobaqa joriy yil 29 iyuldan 9 avgustga qadar 50 dan ortiq mamlakat vakillari, jumladan, O‘zbekiston sportchilari ishtirokida o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, Baris Arena” muz saroyida o‘tkazilgan tadbirda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon va boshqa xorijiy mehmonlar ham qatnashgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing