Shavkat Mirziyoyevning haftalik ish grafigi e’lon qilindi
Jamiyat
−
05 Sentabr 2022 16575 1 daqiqa
Joriy haftada O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Parlamentlararo Ittifoqqa a’zo davlat parlamentlari ayol rahbarlarining 14-sammiti ishtirokchilari bilan uchrashadi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov brifingida ma’lum qilindi.
Shuningdek, davlat rahbari Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi sammitiga tayyorgarlik yuzasidan o‘tkaziladigan taqdimotlar bilan tanishadi.
Bundan tashqari, Prezident mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojiga bag‘ishlanagan bir qator muhokamalarni o‘tkazadi.
Live
Barchasi