Shavkat Mirziyoyev YeXHT DIIHB Saylovlarni kuzatish missiyasi rahbarini qabul qildi

Jamiyat

image

Bugun, 13 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining (YeXHT DIIHB) Saylovlarni kuzatish bo‘yicha missiyasi rahbari Kayetana de Zulueta Outramni qabul qildi.

Davlat rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, O‘zbekiston bilan YeXHT va uning tuzilmalari o‘rtasidagi konstruktiv hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Bugungi kunda tashkilot Bosh kotibi Tomas Gremingerning O‘zbekistonga tashrifi yakunida qabul qilingan YeXHT bilan sheriklikni kengaytirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston tashkilotning Parlament Assambleyasidagi ishtirokini tikladi. YeXHT O‘zbekistondagi parlament saylovlariga 1999 yildan buyon ilk bor to‘laqonli missiyani jo‘natdi.

Bugungi uchrashuvda hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari xususida batafsil fikr almashildi, milliy qonunchilikni yanada takomillashtirish, saylov va boshqa sohalarda qo‘shma tadbirlar o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

YeXHT DIIHB Saylovlarni kuzatish bo‘yicha missiyasi rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga samimiy qabul hamda mamlakat YeXHT bilan har tomonlama hamkorlik qilishga tayyorligi uchun minnatdorlik bildirdi.

Kayetana de Zulueta O‘zbekistondagi saylovlar mutlaqo yangi siyosiy muhitda, salmoqli darajada takomillashtirilgan huquqiy normalar asosida o‘tayotgani, shu sababli DIIHB saylov jarayonlarini katta qiziqish bilan kuzatayotganini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev EXHT

Baholaganlar

12

Reyting

3.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing