Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaning yangi Imperatoriga tabrik yo‘lladi
Jamiyat
−
01 may 2019 4084 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaning bir yuz yigirma oltinchi Imperatori sifatida taxtga o‘tirgani munosabati Yaponiya Imperatori Naruxitoga samimiy qutlovlar va eng ezgu tilaklar bitilgan maktub yo‘lladi.
Davlat rahbari o‘z maktubida Naruxitoning “Reyva” deb nom olgan hukmronlik davrida Yaponiya barqaror va uyg‘un rivojlanishiga, mamlakatning jahondagi yetakchi o‘rni yanada mustahkamlanishiga ishonch bildirdi.
“Umid qilamanki, Sizning ko‘magingiz bilan O‘zbekiston-Yaponiya strategik sherikligini mustahkamlash va kengaytirish borasidagi aniq maqsadga yo‘naltirilgan birgalikdagi sa’y-harakatlar davom ettiriladi”, deb ta’kidlagan Prezident o‘z qutlovida.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr