Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Yaponiyaga jo‘nab ketdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abening taklifiga binoan 17 dekabr kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Yaponiya – ulkan iqtisodiy, industrial va intellektual salohiyatga ega mamlakat. Iqtisodiyot rivoji bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turadi. “Katta yettilik” davlatlari qatoriga kiradi, xalqaro maydonda muhim rol o‘ynaydi.

O‘zbekiston va Yaponiya strategik sherik, ikki mamlakatni yaqin ko‘p qirrali hamkorlik bog‘lab turadi. Davlat rahbarining rasmiy tashrifi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishning yangi bosqichini boshlab beradi. 

Prezident dastlab mamlakatning yirik sanoat va ilm-fan markazi - Nagoya shahrida bo‘ladi. Tokio shahrida Yaponiya Imperatori, Bosh vaziri, parlamenti va hukumati rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston-Yaponiya

Baholaganlar

41

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing